stansiya
bilan ulashing
1. Temir yoʻl poyezdlari yoki quruqlikdagi boshqa transport vositalari toʻxtaydigan joy; shu joyga tegishli inshoot va xizmatlar majmui.
-
Temir yoʻl stansiyasi. Metro stansiyasi.
-
Poyezd Toshkentdan chiqqandan beri yoʻl-yoʻlakay har razyezd, har stansiyada vagonlarga gul otaverishgan edi. S. Ahmad, Ufq
-
Chollar, kelinchaklar, hassaga tayanib qolgan kampirlar stansiya binosi tepasidagi radiokarnayga tikilishgan. S. Ahmad, Ufq
2. Maxsus vazifa bajaruvchi ayrim muassasalar, korxonalar yoki ilmiy-tekshirish ishi olib boruvchi muassasalar nomi.
-
Telefon stansiyasi. Meteorologiya stansiyasi. Seleksion stansiya,yash
-
Shu boisdan bu yerda seysmik stansiya qurildi va keng koʻlamda seysmologik, geofizik kuzatishlar boshlab yuborildi. Fan va turmush
-
Zimmamizda bir yarim mingta dizel nasos stansiyalarini elektr energiyasiga oʻtkazishdek katta vazifa turibdi. Gazetadan
3. Bortida ilmiy asbob-uskunalari boʻlgan kosmik apparat.
-
Kosmik stansiya, ya Mutlaqo kutilmaganda Salyut-7 orbital stansiyasi bilan aloqa uzildi. Fan va turmush
STANSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СТАНЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
stansiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar