tila
bilan ulashing
1. Biror istak, tilak, niyat bildiruvchi soʻz, gap aytmoq.
-
Hazratim, men munglik, qizingiz sizga xudodan Shayx Saʼdiyning umrini tilayman! Ilohim yuzga kiring! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
U tilida Maylingiz, desa ham, dilida Xudo oq yoʻl bersin, deb tiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻzbeklarda agar katta xursandchilik tilaydigan boʻlsa, Toʻy ustiga toʻy boʻlsin! deyishadi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. kam qo‘llanadigan, aynan Tilanmoq.
-
Biror yegulik tilamoq.
-
Qiziq ekansan, oyogʻidagini yechib beradimi, bu yerdagilar hammasi — gadoydan non tilaydigan qashshoqlar Oybek, Tanlangan asarlar
-
Juldur-juldur qoʻsqiga oʻranib olgan bukur chol ayanch ovoz bilan yolvorib, bir narsa tiladi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. Xohlamoq, istamoq.
-
Sihat tilasang, koʻp yema, Izzat tilasang, koʻp dema. Maqol
-
Anvar aka ertaga chahorshanba kechqurun, tilasangiz — ochiqcha, tilamasangiz, yashirincha boʻlsa ham, biznikiga keling A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qiyatga yordamga? Uyimizga qon tilab bostirib kelgani uchun-mi? A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Uning istiqboliga turishni va boʻyniga osilib yigʻlashni tilasa-da, qarshisidagi olaboʻjilar bunga mone edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tila soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tilab olgan bolamni echki tepib oʻldirdi
TILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar