tilak
bilan ulashing
1. Biror istak, niyat bilan, nimanidir tilab aytilgan gap, duo va shu kabilar.
-
Tila tilagingni.
-
Mening birinchi xolis tilagim, albatta, mazlum xalq tilidan boʻla-dir: bundan soʻng Toshkent hokimligiga har qanday boʻlmagʻur odam qoʻyilmasin. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mulla Abdurahim qurʼondan qisqa bir oyat oʻqib, xon hazratlariga eng oliy tilaklar bildirdi-yu, nihoyat, maqsadga oʻtdi P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Hordiqlariga boʻlar Shu qiz baʼzan ovunchoq, Yomon koʻzdan asrasin Tilagi boʻlar har choq. Gʻayratiy. Xudo oʻz panohida asrasin hech boʻlmaganda, shu tilagimga yetkazsin xudo! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qoʻlda qadah, tilda esa tilaklar. Yo, Mirzo
2. Biror narsani amalga oshirish, unga erishish uchun boʻlgan ichki intilish, hissiyot; istak, niyat.
-
Bir haftadan keyin togʻam haqida biror maʼlumot olish tilagida Murodjon ishlab turgan korxonaga qarab joʻnadim. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
-
Usta uzun va qalin moʻylovini qimirlatib, Oyqizni yupatish tilagida gapirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Rayimjon oʻn olti yashar yigitchalik vaqtidayoq unda traktorni boshqarish tilagi tugʻildi. H. Nuʼmon, Oʻz kasbining egasi
TILAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tilak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar