til
bilan ulashing
1. Pichoq va shu kabilarni tigʻli narsa bilan uzunasiga kesmoq, qirqmoq, yormoq.
-
Nasimiyni tiriklayin tovonidan tilishgan va terisini shilishgan. Mirtemir, Doʻstlar davrasida
-
Etlarimni nishtar bilan tilsinlar men sizdan ajralmayman. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Jilgʻaning boshidan oyogʻigacha soʻqa bilan tilib, ariq ochilsa-da, togʻolcha bilan yongʻoq ekilsa S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qonli koʻylakni Qoratoy ehtiyot bilan tilib, yarani ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Tilim-tilim qilib kesmoq; tilimlamoq.
-
Qovunni tilib qoʻymoq. Goʻshtni tilib tuzlamoq.
-
Shaharda qorovullik qilamanmi, qovun tilib sotamanmi — mening ishim. Mushtum
3. Yogʻoch yoki taxtani uzunasiga arralamoq.
-
Bir kuni mehnat darsida bitta koʻzlik taxtani tilayotib, elektr arrani sindirib qoʻydik. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Simyogʻochlar ham, tilsa, juda soʻribop ekan. A. Muxtor, Chinor
4. Tirnab yoki yulib, uzun iz hosil qilmoq.
-
Stol ustidagi bir taxta oyna mayda-mayda boʻlib, Saidiyning bilak va panjalarini tildi. A. Qahhor, Sarob
-
Salomat butun kuchini yigʻib, bogʻma-bogʻ oshib ketdi. Tikanlar oyogʻini tildi. S. Ahmad, Hukm
til soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bagʻrini (yoki koʻksini, yuragini, qalbini) tilmoq
-
Rangimizga qon kirdi, Dushman bagʻrin tilibdi. Qoʻshiqlar
-
Nega endi qalbimni tilding?! Nega qilding sevgiga oshno Sayyor
TIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
til so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar