Izoh.uz saytida tog‘ so‘zining izohi va ma’nolari

tog‘

ot

1. Yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekislik, tepalik yoki boshqa balandlikka nisbatan yakka yoki qator holda baland koʻtarilgan, odatda, turli tosh, qattiq jismlardan iborat qismi.

  1. Togʻ tizmasi. Togʻ jinslari. Togʻning koʻrki — tosh bilan, Odamning koʻrki — bosh bilan. Maqol

  2. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq. Maqol

  3. Lager togʻ tagiga joylashgan. Sharqi-janubiy tomon aylana ketgan togʻ. Shuhrat, Shinelli yillar

  4. Janubdan, keng va yashil bagʻirli Aravon togʻidan allalovchi salqin, sarin shabada esa boshlaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  5. Uzoqdan qorayib koʻrinib turgan togʻ oʻrkachiga toʻlin oy minib oldi. H. Gʻulom, Mashʼal

  6. Olmosdek serqirra, oftobda choʻqqilari yarqirab turgan baland qorli togʻlar koʻzni oladi. Mirmuhsin, Meʼmor

  7. Atrofni osmon-oʻpar togʻlar oʻrab olgan K. Yashin, Hamza

2. Aholi yashaydigan togʻli joy, oʻlka; togʻlik.

  1. Oʻrganishda ham gap koʻp. Otaning oʻzi aytdi-ku, u togʻda tugʻilib, togʻda oʻsgan. Ha, u togʻning oʻz odami. S. Anorboyev, Oqsoy

3. koʻchma Narsalarning baland (togʻ kabi) uyumi.

  1. Yotib yeyishga togʻ ham chidamaydi. Maqol

  2. El xirmonida toʻplanayotgan oq oltin togʻlarining qomati yulduzlar sari boʻy choʻzdi. Gazetadan

4. koʻchma Ogʻir yuk, mashaqqatli ish, tashvish, gʻov va shu kabilar ramzi sifatida qoʻllanadi.

  1. Gʻam togʻi. Yelkadan togʻ agʻdarilganday boʻldi.

  2. Otabek goʻyo togʻ ostida qolgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Shuncha tadbir bilan qochgani holda, diplomini esidan chiqarganidan Aʼzamni vahima togʻi yelkasidan bosdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar

  4. Har goʻshadan oqdi tinmay tilsiz faryod, Bosgan edi balo togʻi — zoʻr istibdod. Gʻayratiy

tog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:

Biri bogʻdan kelsa, biri togʻdan keladi

Bir-biriga aloqasi boʻlmaydigan, aloqasi yoʻq gap, fikr-mulohazani qayd etadi.
  1. Shokir ota oʻtirgan joyida hassasini yerga doʻq etib urdi, temirchining soʻzidan noroziligini bildirib dedi: — Men bogʻdan gapirsam, sen togʻdan kelasan. Oybek, Tanlangan asarlar

Ishongan (yoki suyangan) togʻi

Madad, koʻmak beruvchi, shu jihatdan eng asosiy homiy boʻluvchi kimsa yoki narsa.
  1. Oyjamol oʻzining suyangan togʻi deb bilgan Polvonning kelishini nihoyatda orziqib kutardi. J. Sharipov, Xorazm

  2. Bugun hech ikkilanmay terim mashinalari va uning mexanizatorlarini paxta-korlarning qatordagi nori, suyangan togʻi, desa boʻladi. Gazetadan

Koʻnglini (yoki koʻksini, dilini) togʻ qilmoq

Ruhan juda shod (xursand) qilmoq.
  1. Ayniqsa, mana bu yoshlar koʻnglimni togʻ qilib yubordi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

  2. Koʻksim togʻ etgan — Vatan sevgisi. Yo, Mirzo

Togʻni ursa tolqon qiladigan

Nihoyatda bahodir va shijoatli.
  1. Bu yoqdagi qazuvchilar ham Gʻulomjon, Barot polvon, Zamon singari togʻni ursa tolqon qiladigan azamatlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

Togʻ-tosh (togʻ-u tosh)

Togʻ va tosh qoplagan yer, joy.
  1. Bu suv togʻ-u toshni toʻldirib yurgan qushlar, kavak-kandiklarda istiqomat qiladigan jonivorlardan ortmas. I. Rahim, Chin muhabbat

  2. Besh kun choʻlda, besh kun koʻlda, togʻda-toshda — qayerda molga oʻt bor desa, borib qoʻngan odammiz-da. Yodgor


TOG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТОҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
3802
So‘zning teskari yozilishi
‘got
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
39

tog‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tog‘ so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tog‘ so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 853 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+