tugun
bilan ulashing
1. Arqon, ip, lenta va shu kabilar narsalarning bogʻlab ulangan, tugilgan joyi.
-
Arqonning tugunini yechmoq. Ipning uchiga tugun solmoq. Botinkaning ipiga tugun tushib qolibdi. Galstukning tuguni chiroyli chiqibdi.
-
Uzilgan ip qayta ulansa ham, tuguni qoladi. Yurak ip emaski, qayta ulansa. A. Eshonov, Bir ogʻiz soʻz
-
Kostyumni yechib, koʻrpachaga tashladim, galstukning tugunini boʻshatdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Oʻrab, boʻgʻchalab bogʻlangan narsa; boʻgʻcha.
-
Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qop-chigʻini yerga qoʻyib, Shakarxonga qaradi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Uzoqda, siyrak daraxtlar bilan qoplangan qiyalikda qop va tugunlar orqalagan ikki ayol va bir cholning qorasi koʻrinib qoldi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Qambarali aka tugunni yechdi, bir dasta nuqul yuz soʻmlik pulni koʻrib, kayfi uchib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. koʻchma Kishi tana aʼzosida yoki boshqa narsada hosil boʻlgan tugunga oʻxshash narsa.
-
Daryo qisqichbaqasining nerv sistemasida, chuvalchangdagi singari, yirik halqum ustki tuguni boʻladi. Zoologiya
-
Nerv tugunlari — oʻzaro birikkan neyron tanachalarining toʻplamidir. Odamning anatomiyasi va fiziologiyasi
4. koʻchma Umuman, hal etilmay, ochilmay, yechilmay, tugun holda boʻlgan narsa.
-
— Munozaralar vaqtida koʻp mushkul tugunlar ochilib, noaniq masalalar hal etilgay, — dedi alloma boshini koʻtarib. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Mening xavotir olgan joyim shuki bu voqealar tuguni bir kalladan chiqqanga oʻxshaydi A. Muxtor, Opa-singillar
-
Akbarov, Eshonboyev, Hakimov muammosi koʻnglida tugun boʻlib turar edi, endi bunga Gavhar orqali Toshev muammosi ham qoʻshilib, tugun yanada chigallashdi. P. Qodirov, Uch ildiz
5. ad. Badiiy asarda voqeaning rivojlana boshlashiga sabab boʻlgan voqea, hodisa.
-
Keling, arqonni uzun tashlab, sabrga erk beraylik yana. Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga yechimi ham bor-ku? J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Oyqizning psixologik holati roman markazida turgan muhim tugunki, uning yechimi uchun Oyqiz tipidagi boshqa bir shaxs ishtiroki talab qilinardi. OʻTA
tugun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tugun oshi
Xom tugun
TUGUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУГУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tugun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar