tutun
bilan ulashing
Biror narsa yonganda, havoga ajralib chiqadigan mayda zarralardan iborat gazsimon moddalar majmui.
-
Papiros tutuni. Uy tutunga toʻldi. Tutun osmonga koʻtarilib ketdi.
-
Uylarning moʻrisidan tutun chiqar buralib. Uygʻun
-
Bir vaqtlar turli ranglar bilan boʻyalgan uyning shiftlari otashdonda yoqilgan oʻt tutunidan xiralandi. H. Shams, Dushman
-
Jiqqa hoʻl oʻtin yolgʻiz pirs-pirs qilib, achchiq zahar tutun buruqtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
tutun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tutun puli
-
Oʻzingni bos, Jalolboy, seni hech kim haydamaydi. Onangga men pul yuboraman, mayli, tutun pulini toʻlasin. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
Tutun qaytarmoq
-
Mollar, molxonalar joyidami? Yana Gavhar poshsha, una boʻlmapti, buna boʻlmapti, deb tutun qaytarib yurmasin. Mushtum
-
E, tuzlamay qurib ket., oʻshaning uchun rosa tutun qaytarib yotgan ekan-da. K. Yashin, Hamza
Tutuni (osmonga) chiqmoq
-
— Iya, boyatdan beri qulogʻingga tanbur chertyapmanmi, — jahl bilan dedi Ostonaqul, —
-
shunga tutunim chiqib yonib yotibman-da. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
-
Fashistlarning beva-bechoralarga berayotgan mislsiz azoblarini koʻrganda, Oʻrinboyning tutuni osmonga chiqadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
TUTUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tutun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar