tutqun
bilan ulashing
1. Asir olingan, asirlik ho-latidagi shaxs; asir, bandi.
-
Oradan yarim soat oʻtar-oʻtmas, haligi turkman yana tutqunlar qoshida paydo boʻldi. S. Ayniy, Qullar
-
[Togʻamni] Tutqun qilib olganlardan biri men bilan oʻzlari orasida oʻtgan voqeani u yerdagilarga aytib berdi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Farzandim, yolgʻizim, gʻanimlarga tutqun boʻlib qolmagin. Ravshan
-
Bundan ortiq jazo berishdan oʻzini tiydi, sabab ustod Qavom boshqa tutqun kishilarning qahrli koʻzlaridan hayiqdi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Erki, huquqi oʻzida boʻlmagan, huquqi birov ixtiyorida boʻlgan.
-
Seni koʻrdim, yodimga tushdi Yoshligimda koʻrgan bir juvon. Oʻzi suxsur kabi goʻzal edi, Faqat tutqun, bagʻri toʻla qon. Uygʻun
-
Biz baliq ovlovchi, tutqun qullarmiz, Ne tutsak, xon tomon darhol yoʻllarmiz. S. Abdulla
-
[Zumrad] Shuncha tutqun boʻlishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi allaqachon tushgan edi. S. Zunnunova, Gulxan
TUTQUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТҚУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tutqun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar