tuturiq
bilan ulashing
1. Kimsaning oʻz soʻzida, vaʼdasida tura olish xislati; lafz, burd.
-
Tuturigʻi yoʻq odam.
-
Nahotki, kechagina texnikaga birkitilgan bolalarni yana qaytarib, tuproq ishiga qoʻyishga toʻgʻri kelsa! Bolalar oldida lafz, tuturiq qoladimi? A. Muxtor, Tugʻilish
-
Bir soatning ichida ikki odamni igʻvogarga chiqarib, yana soʻzingizdan qaytib oʻtirsangiz, sizda tuturiq bormi oʻzi? Mushtum
2. Ish, gap-soʻzdagi qatʼiylik, tayin.
-
men bu dunyodagi ishlaring betuturiq deb yursam, oxiratdagi ishlaringda ham tuturiq yoʻq ekan. A. Qahhor, Asarlar
-
Otamning dardi ogʻir, baʼzi vaqtlar isitma orasida allaqanday tuturigʻi yoʻq gaplarni gapirib qoʻyadi. Gʻayratiy, Mening yoshligim
TUTURIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТУРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TUTURIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
tuturiq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
tuturiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing