uchastka
bilan ulashing
1. Biror maqsadda ajratilgan yer boʻlagi, maydon.
-
Bundan chiqadigan suv bilan maktab uchastkasinigina emas, unga tutashgan tomorqa yerlarni ham sugʻorish mumkin. H. Nazir, Choʻl havosi
-
El-murod polkdan oʻz bataloniga uchastka olib, mudofaaga oʻtganda, tong yorishib qolgan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Yer maydoni, dalaning biror belgisi bilan oʻziga xoslikka, alohidalikka ega boʻlgan boʻlagi.
-
Koʻchatxonada bir uchastka tayyorlanib, unga majnun archa koʻchatlari oʻtqazildi. Gazetadan
3. Maʼlum bir xoʻjalikning hududiy jihatdan ajratilgan, alohida boʻlimi.
-
Oʻrmonjon bugun, negadir hamma uchastkaga bordi, kechga yaqin uyiga qaytdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Biror nuqtayi nazardan chegaralanish-da hududiy ichki boʻlinma, boʻlinmalar; hu-dudlar.
-
Xalq sudlarining hozirgi vaqtda amalda boʻlgan uchastka sistemasini tugatish va yagona tuman (shahar) xalq sudlarini tuzish koʻzda tutiladi. Gazetadan
-
Hozir, sen kelmasdan bir oz burun, bir odamni Qumariqqa yubordim. Uchastka pristavi ham oʻsha yer-da. Choʻlpon, Kecha va kunduz
5. Maʼlum bir ish-faoliyat olib borilayotgan, unga oid joy, obyekt.
-
Qurilish uchastkasining boshligʻi Gulboy Boʻriyevning ishonchi komilki, yirik obyekt ham belgilangan muddatda aʼlo sifat bilan topshiriladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Erkaklar bilan teng huquqli ayollarni bugungi kun-da ishlab chiqarishning barcha uchastkalarida uchratish mumkin. Gazetadan
6. so‘zlashuv tili Xususiy uy-joy qurish uchun rasmiy ravishda ajratib berilgan yer, maydon va unda barpo etilgan hovli-joy.
-
Ularning uchastkasi hali bitmagan, ikki uyni xomsuvoq qilib, koʻchib kirishgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Uchastka olish uchun ariza berganimga ikki yil boʻldi, haligacha darak yoʻq. Mushtum
-
Bu orada yer tuzuvchi Xudoy Nazarov bilan oʻzingiz ikkitadan toʻrtta uchastka qurib oldingiz. Mushtum
UCHASTKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧАСТКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uchastka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar