uchburchak
bilan ulashing
1. Uchta burchakli, tumorcha shaklidagi.
-
Uchburchak hovli.
-
Toʻqqiz samolyot uchga boʻlinib, uchburchak shaklida tekis oqib kelardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Nariroqda uch mullabachcha bir boʻyra ustida uchburchak boʻlib oʻtirib, mushkul bir masalani bahslashadi. Oybek, Navoiy
2. s.t. esk. Muassasa, korxonalarda uch rahbar shaxs (direktor yoki rais, partkom kotibi yoki vakili va kasabaqoʻm raisi).
-
Bu masalani uchburchak hal etadi.
3. mat. Bir toʻgʻri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda boʻlgan uchta kesmadan yasalgan geometrik shakl.
-
Toʻgʻri burchakli uchburchak. Teng burchakli uchburchak.
-
Olib kirilgan choy ham sovib qolar, allaqanday oʻlchovlar-uchburchaklar xayolini tortib ketardi. Mirmuhsin, Meʼmor
UCHBURCHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧБУРЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uchburchak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar