voyaga yet
bilan ulashing
1. Ulgʻayib balogʻatga (balogʻat yoshiga) yetmoq.
-
Voyaga yetgan qiz.
-
Maʼlumki, soʻnggi yillarda ichkilik-bozlik va giyohvandlik voyaga yetmagan bolalar oʻrtasida ham keng tarqatmoqda. Gazetadan
2. Umuman, yosh va boshqa jihatdan yetuk (yetilgan) darajaga erishmoq.
-
— Men shunday tabarruk, fidokor insonni tugʻib voyaga yetkazgan onani albatta koʻrishim kerak, — dedi mehmon. Nazarmat
-
Madatov oilasida 8 farzand tugʻilib voyaga yetdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. Maʼlum bir ish, faoliyatda yetuklikka, kamolotga erishmoq.
-
oqsoqol yozuvchilar qurultoyga oʻz koʻz qorachiqlaridek ardoqlab voyaga yetkazgan oʻnlab talantli shogirdlarini ergashtirib keldilar. N. Safarov, Olovli izlar
4. Unib, oʻsib yetilmoq.
-
Daromadni yegani-ku yegan, voyaga yetgan meva daraxtlarini kesib ketayotgani nimasi? Mushtum
-
tashlagan danaklar koʻkarib, voyaga yetib, hosilga ham kiribdi. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
VOYAGA YET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВОЯГА ЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
voyaga yet so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar