xushtor
bilan ulashing
1. Biror kimsani sevgan, unga koʻngil qoʻygan kishi; oshiq.
-
Shu goʻzal qizning xushtori boʻldim, Sanʼatin koʻrib, zavqlarga toʻldim. A. Poʻlat
-
Qamarxonga xushtor boʻlganlarning son-sanogʻi yoʻq ekan. Ertaklar
2. Biror narsa bilan juda qiziqadigan, unga mehr qoʻygan; ishtiyoqmand, orzumand.
-
Ehtimol, buloqdan chiqayotgan bu tiniq suvning xushtori, kushandasi koʻpdir: bu suv togʻ-u toshni toʻldirib yurgan qushlar, kavak-kandiklarda istiqomat qiladigan jonivorlardan ortmas. I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Idorada oʻtirib qiladigan ish rayonimizda ham topiladi, — dedi [Moʻmina] gapni shart kesib, — unaqa ishga xushtor boʻlganimda, bu yerga [Mirzachoʻlga] kelib nima qilardim. H. Nuriy, Lochin bolasi — lochin
XUSHTOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУШТОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
XUSHTOR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan XUSHTOR so‘ziga berilgan ma’nolar
xushtor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
xushtor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing