yaroqsiz
bilan ulashing
1. Biror talabga javob berolmaydigan, biror maqsadda ishlatib boʻlmaydigan, biror narsaga yaramaydigan.
-
Ishga yaroqsiz material. Ekishga yaroqsiz urugʻ. Yaroqsiz asbob. Koʻchat vaqtida ekilmasa, yaroqsiz boʻlib qoladi.
-
300 kilogramm non, xom-xatala pishirilganligi uchun, yaroqsizga chiqarildi. Gazetadan
2. Biror ish bajarishga qurbsiz; layoqatsiz.
-
Aʼzamning ishga yaroqsiz boʻlib qolganini bilgan xoʻjayinlari allaqachon uning dumini tuggan. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Komissiya uni armiya xizmatiga yaroqsiz deb topdi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
YAROQSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯРОҚСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaroqsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar