arava
bilan ulashing
Asosan ikki yoki toʻrt gʻildirakli, ot, eshak yoki hoʻkiz qoʻshiladigan transport vositasi.
-
Kun botgandan keyin kelin va uning dugonalari tushgan uzun soyabon aravalar yetib keldi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Ustiga ikki-uch bogʻ beda tashlangan arava kelib qoldi. S. Ahmad, Ufq
arava soʻzi qatnashgan jumlalar:
Otash arava
Shayton arava
Aravangni tort
-
Ha, ha, men senlarning xizmatkoring boʻlamanmi, aravangni tort, shuni bilib qoʻy, och qolsam qolamanki, bu ishlarni qilmayman. R. Fayziy, Birinchi bahor
Aravani (quruq) olib qochmoq
-
Saidgʻozi aka! — dedi [Nazarov] kinoyali jilmayib, — hadeb aravani quruq olib qochavermang. Siz bilgan siyosatni biz ham bilamiz. S. Anorboyev, Oqsoy
Oʻz aravasini tortmoq
-
Bu kungacha har ikki brigadir oʻz ulushiga tushgan vazifani bajarib, sodda qilib aytganda, oʻz aravasini tortib kelishardi. H. Nuʼmon, Mehr
ARAVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРАВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
arava so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar