avlod
bilan ulashing
1. Ota-bobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan).
-
Viz eski qullarning avlodimiz ota-bobolarimiz ozod boʻlgan chogʻlarda oʻzlari uchun qurgan chayladek uylarda tirikchilik qilamiz. S. Ayniy, Qullar
-
Ajdodlar boʻlmagay avlodsiz, Avlodlar ziynati ajdodlar. B. Boyqobilov
2. Ota-bobo va uning nasli; sulola; zot.
-
Temur avlodi.
-
Bobur avlodi.
-
Devonbegilar avlodiga mansub boʻlgan Shernazarboy Islomxoʻjani ich-ichidan yomon koʻrar, azaldan adovati bor edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Fisq-fujur uyasi boʻlgan bu oila hammani qoralasa ham, oʻz avlodi boʻlgan ana shu katta boyga aslo til tegizmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Zamonning maʼlum qismiga mansub odamlar; boʻgʻin.
-
Keksa avlod. Oʻrta avlod. Yosh avlod. Kelgusi avlod.
-
Oʻylaymanki, mana shunday obod va ozod yurtni koʻrganda, nafaqat katta yoshdagi kishilar, balki yosh avlod ham yangi kuch-quvvat oladi, gʻururlanadi. Gazetadan
4. koʻchma Zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarining va boshqalar texnik jihozlarning yangilangan, takomillashgan turkumi.
-
Bu apparat kompyuterlarning toʻrtinchi avlodiga mansub.
AVLOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АВЛОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
avlod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar