avliyo
bilan ulashing
1. din. Valilar, eʼtiqodli, dindor kishilar; aziz, muqaddas, ollohga yaqin kishilar; ruhoniylar.
-
Xoja Bahouddin Naqshbandning Buxoroda avliyo sifatida shuhrat topishida bir voqea sabab boʻlgan ekan. Gazetadan
2. so‘zlashuv tili Karomat, bashorat qila oladigan, moʻjizalar koʻrsata oladigan odam.
-
Men shunday avliyomanki, agar tosh yoki daraxtni chaqirsam, oldimga darrov keladi. Latifalar
-
Tantiboyvachcha olazarak boʻlib, yelkasini qisdi va yerga qarab dedi: — Biz avliyomizmi? Qayerda ekanini aytish juda mushkul. Oybek, Tanlangan asarlar
3. so‘zlashuv tili Kest. Ulugʻ, zoʻr fahmlanuvchi odam yoki narsa.
-
Nima, zveno boʻlib, avliyo boʻptimi? Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Xotin kishi esa ojiza, avliyosi ham hasaddan xoli emas. F. Musajonov, Himmat
4. so‘zlashuv tili Hech narsa bilan ishi yoʻq, darveshsifat, darveshnamo odam.
-
Yuragingda Oʻrinboy otaning oʻgiti bor-da. Dadang pok odam. Qishloqning avliyosi u. Ishonaman. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Gʻor ogʻzida, baland yassi tosh ustida, Yalangʻoch avliyo — oriq bir keksa odam gulxan yoqib oʻtirardi. Mirmuhsin, Meʼmor
AVLIYO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АВЛИЁ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
avliyo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar