avj
bilan ulashing
1. Rivoj olish, oʻsish (oʻsimlik, daraxt kabilarga nisbatan).
-
Birinchi qadamda, birinchi boʻlib, Ekilgan chigitning avjini koʻrsam, Bitta tup gʻoʻzaning mavjini koʻrsam. Yo. Mirzo
2. Eng yuqori(si).
-
Muborak Oʻzbekiston, osmon avjida parvozing. Muborak senga istiqlol, balandroq yangrasin sozing. Voqif
-
Bu roman ijodining avj nuqtasini tashkil qiluvchi asar boʻlmogʻi kerak edi. Gazetadan
3. musiqa Kuy yoki qoʻshiqdagi eng yuqori nota.
-
Qizlar aytsa qoʻshiqni avjni talashib, Mastavaga qatiqday gapga tiqilar. Gʻ. Gʻulom
-
Bu qoʻshiq goho avj pardalarda, goho pastroq ohanglarda jaranglab turadi. Gazetadan
avj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Avj olmoq
-
Koʻchat yaxshi avj olmayapti. Havo isishi bilan ekinlar avj ola boshladi.
-
Qoʻshimcha oʻgʻitlangan gʻoʻzalar suvdan chiqqach, juda avj olib ketdi. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Fond bozori shakllanib, qimmatli qogʻozlar savdosi avj olyapti. Gazetadan
-
Davlati xalqiga, xalqi davlatiga qayishgan mamlakatlardagina taraqqiyot avj oladi. Gazetadan
-
Insoniyat qonunlarsiz yasholmaydi. Aks holda, uning huquqi poymol boʻladi, adolatsizlik avj oladi. Gazetadan
Avjiga chiqmoq (yoki avjiga minmoq)
-
Oʻyin-kulgi, xursandchilik avjiga chiqyapti.
-
Mamlakatda poraxoʻrlik kuchaydi, xon-beklar zulmi avjiga mindi. J. Sharipov, Xorazm
AVJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АВЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
avj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar