bekat
bilan ulashing
1. tarixiy Qadimda yoʻllarda karvonlar va yoʻlovchilar toʻxtab dam oladigan maxsus joy, manzil.
-
Otabek bir necha bekatga mehmonlarni kuzatib borib, soʻngra qaytmoqchi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U [Toʻrgʻay] oʻziga maʼlum boʻlgan ikki bekatda otni oʻzgartirdi. Mirmuhsin, Temir Malik
2. tarixiy Pochta stansiyasi.
-
Xat ham tez kelmaydi, baʼzan bekatlarda yoʻqolib ketadi. J. Sharipov, Xorazm
3. Yoʻlovchilarning biror transport turi (masalan, avtobus, tramvay yoki metro)ga chiqish va undan tushishlari uchun belgilangan joy.
-
Avtobus bekati.
-
Yer osti bekatlari pardozida kulolchilik sanʼati namunalaridan keng foydalanilyapti. Gazetadan
-
Eshaklar dikir-dikir yoʻrgʻalab, Kosondan chiqdi va temir yoʻl bekatiga qarab burilgan yoʻl boʻylab ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
4. koʻchma Hayotda bosib oʻtiladigan yoʻlning maʼlum bosqichi, marrasi.
-
Hayotning umumiy oqimi bilan birga hamisha olgʻa intilib, yangidan-yangi bekatlarni bosib oʻtayotganini, ulugʻ manzil sari hormay-tolmay suzayotganini eslab, qalbi sevinch va quvonch bilan toʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yangi yil boʻsagʻasi ularning yana bir bekati goʻyo. Saodat
BEKAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕКАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bekat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar