beka
bilan ulashing
1. tarixiy Bekning va umuman hukm-dorlarning, boyonlarning xotini.
-
Choʻri qiz Boʻston bekasining hozirgina saroydan kanizak kelib ziyofatga olib ketganligini bildirdi. Oybek, Navoiy
-
Labbay, Badia bekam! [dedi Zavrak]. Badia oʻz ismiga “bekam“ soʻzini qoʻshib aytganni yoqtirar, chunki podshoning goʻzal kenja qizi Gulgun Aqoning nomiga ham beka qoʻshilardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Oilaga, xonadonga yoki xoʻjalikka boshchilik qiluvchi ayol.
-
Bogʻbonsiz bogʻ misli choʻl-yobon, Bekasiz uy — suvsiz tegirmon. Qanotli soʻzlar
-
Toʻy bekasi — Mirzakarimboyning xotini ayollarni uch guruhga ayirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Yarim kechada qayoqqa boramiz, oʻzingiz oʻylang! — dedi kuyov mehmonxona bekasiga. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma poet. Boshqaruvchi, sardor, ega, sohib.
-
Nechun, axir, mard goʻzallar bekasi, Gumburlamas Asqar togʻning tegrasi. A. Sher, Qadimgi kuy
-
Uch oy yoʻlingizda yotdim koʻz tikib, Ey, bahor bekasi — may chechaklari. A. Oripov
BEKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BEKA so‘ziga berilgan ma’nolar
beka so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
beka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing