bejo
bilan ulashing
1. Allanechuk, bezovta holatda; besaranjom, bezovta.
-
Yuragim bejo boʻlyapti.
-
Qudrat uch burchak qilib taxlangan qogʻozni ocharkan, hayratdan koʻzlari chaqnar, yuragi bejo tipirchilardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Hamrohi samanning bejo pish-qirganini eshitib, choʻchib, orqasiga qaradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Doimo oʻychan va sokin boqadigan qoʻy koʻzlari bejo, qandaydir iztirobli edi. Yoshlik
2. Nojoʻya, gʻalati; shubhali.
-
Yigit qizning qoʻllarini silay boshladi. Qiz uning bejo harakat qilishidan xavotirlanib, sapchib oʻrnidan turdi. Yoshlik
-
Qariganda bejo bir ish qilibsan, Bir shaharga oʻzing yurish qilibsan. Zulfizar bilan Avazxon
3. Oʻz joyida emas, joyidan qoʻzgʻalgan.
-
Kitoblar bejo boʻlib qolibdi.
bejo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yurishi (yoki qadam olishi) bejo
-
U qoʻltigʻiga bir narsa qistirib olgan, yurishi ham bejo edi. H. Nazir, Yaxshi ism
BEJO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЖО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bejo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar