bek
bilan ulashing
1. tarixiy Turkiy xalqlarning baʼzilarida xonliklar davrida davlat arboblariga, shahar yoki viloyat hokimlariga, ularning bolalariga berilgan faxriy unvon hamda shunday unvonga sazovor boʻlgan shaxs.
-
Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob toʻnni olib, qoʻrgʻon begiga kiydirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Atrof shahar va qishloq beklari aksar Musulmonqulning oʻz odamlaridan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Aslida bu otni, Ulugʻbek Mirzo Samarqand taxtiga chiqqanda, Buxoro begi tuhfa etgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Erkaklar ismining tarkibiy qismi, masalan,
-
Yoʻldoshbek, Otabek, Yusufbek.
3. (1-shaxs egalik shaklida) Oʻz begi yoki xoʻjayiniga murojaatda yoki ular haqida gapirganda ishlatilgan soʻz.
-
Qaygʻurma, begim! Hasanali otang bu toʻgʻrida ham seni yodidan chiqarmaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Eski vaqtda yer-suv egalarining xizmatkorlari xonlar zamonidagi rasm-rusumni qilib, oʻz xoʻjayinlarini “begim“, “xonim“, oyim deb hurmatlar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
bek soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beklar begi
Bek oyim yoki begoyim
-
Hasanali tanitdi: — Mana bu kishi qayin onangiz — bek oyim boʻladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Uzi(ga) xon, oʻzi(ga) bek
-
Har kim oʻziga xon, oʻziga bek. Maqol
aynan Berk.
BEK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bek so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar