beorom
bilan ulashing
1. Halovat, orom bilmaydigan; betinch, bezovta.
-
Beorom tun.
-
Tuni bilan yigʻloq nabirasini ovutib, beorom boʻlgan ona, yana hammadan erta turdi. Gazetadan
-
Gulnoz ayniqsa bu oqshom beorom. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Yana bir odam bor, azizdan-aziz, Yuragi bedor-u beorom tepgan. Hovlining bir parcha kungay yerida Kelar deb, men uchun oʻsmalar ekkan. Yoshlik
2. ravish Tinimsiz, betoʻxtov.
-
Chayqaladi dengiz beorom. Gʻayratiy
-
Tun boʻyi beorom toʻqiganim ul — Tivit roʻmol emas, kechir, onajon. G. Joʻrayeva, Iqbol
BEOROM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕОРОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beorom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar