bomdod
bilan ulashing
1. Din. Erta bilan kun chiqmasdan oʻqiladigan birinchi namoz.
-
Muzday kuz suviga yuz-qoʻlini yuvdi-da oʻchoq boshida ivirsib yurgan xotinidan soʻradi: — Onasi, bolangiz bomdodga chiqib ketdimi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
U, bomdodni ado etgach, xarsangtoshlar oralab sharqirab oqayotgan soy boʻyiga tushib, tabiatning mislsiz jamolini tomosha qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Erta tong payti; sahar.
-
Bomdodda turmoq. Bomdod bilan joʻnamoq.
-
Osmonda yulduzlar charaqlar, Yetti qaroqchi magʻrib ufqida yonboshlab yotar, bomdodgacha bir necha soatgina qolgan edi. S. Siyoyev, Avaz
-
Oʻtirishlar tongga yaqin tugadi. Sayfiy bomdod mahali chiqib ketdi-yu, toʻyxonaga qaytib kelmadi. S. Siyoyev, Avaz
bomdod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bomdod namozi
-
Maqsud qori bomdod namozidan bugun ertaroq qaytdi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Seshanba kuni bomdod namozidan to tushga qadar Vafo attor intiq boʻlib Kimyoxonni kutdi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
BOMDOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОМДОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bomdod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BOMDOD so‘ziga berilgan ma’nolar
bomdod so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar