bopla
bilan ulashing
1. Ijrosini oʻrniga qoʻymoq, koʻngildagidek qilib bajarmoq, oʻrinlatib bajo keltirmoq, qoyil qilmoq.
-
Ammo kelin mantini yana boplabdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Xotirjam boʻling, razryadli ustamiz, boplaymiz. S. Ahmad, Saylanma
-
Choyni ham xoʻp boplab damlabsiz-da, Rokiya opa. N. Safarov, Tanlangan asarlar
2. Firib bermoq, pand bermoq.
-
— Bopladimmi, — dedi Nabigul ketiga qarab, — yiliga olti soʻm emish, olti tiyin bermasman! A. Qahhor, Qanotsiz chittak
3. Adabini, taʼzirini bermoq.
-
Boplab poʻstagimni qoqishibdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Nisholdani maza qilib yeb oʻtirgan hov anu sallalikni kesak bilan boplaymi? — dedi Mahmud. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— E soʻramang, — dedi Islomov, — Ziyom Vazirov meni bopladi. Mushtum
BOPLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BOPLA so‘ziga berilgan ma’nolar
bopla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
bopla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar