dasturxonchi
bilan ulashing
1. Toʻy, katta ziyofat va boshqa marosimlarda dasturxon tayyorlash va kelgan-ketganlarni kutish uchun belgilangan ayol yoki erkak kishi.
-
Dasturxonchi va boshqa xotinlar Yoʻlchining yoniga bemalol kelsalarda, u qiz yaqin kelmas edi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Dasturxonchi katta tarelkadagi charosdan bir boshini oldiga olib, siqimlab ogʻziga soldi. Saodat
2. tarixiy Oʻtmishda amir, xon va beklar saroyida saroy ahdlariga beriladigan ovqatlarni tayyorlatish va mehmon kutish bilan shugʻullangan lavozimli kishi.
-
Goʻroʻgʻli bilan Avazxon shul zamon taxtga chiqib, sarkarda, toʻqsoba, nomdor beklarini chaqirtirib dasturxonchilar dasturxon yozib, turli taomlar tortilib kechasi bilan har elga yasovullarni choptirib yotdi. Gulshanbogʻ
3. so‘zlashuv til, salbiy Vositachi, dallol.
DASTURXONCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТУРХОНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dasturxonchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar