dastyor
bilan ulashing
1. Qoʻldan kelgan ishni bajarib, oilada kattalarning ogʻirini yengil qiluvchi, yordamchi.
-
Men oʻn bir yoshlarga kirganimda, ota-onamga yaxshi dastyor boʻlib qoldim. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Esi kirib, dastyor boʻlib qolgan Elmurod ukasining ingichka oyoqlariga qarab qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Birovning yengil-yelpi ishlarini bajarish uchun yollangan xizmatkor bola.
-
Toʻrtinchi kuni [Qudrat] kerosin sotuvchi bir rus savdogarga dastyor boʻlib kirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Kanal boʻyidagi soʻriga oʻtirib, dastyor bolaga koʻk choy buyurdik. S. Ahmad, Oydin kechalar
-
Ravshan paltosi bilan qalpogʻini yechib, peshtaxta ortidagi dastyorga uzatdi. Sharq yulduzi
3. koʻchma Yordamchi, koʻmakchi. Yaxshi it —
-
choʻponning qoʻriqchisi, doʻsti, dastyori. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
DASTYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dastyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar