dasturxon
bilan ulashing
1. Oʻrtaga yozib, ustiga ovqat qoʻyiladigan maxsus mato, roʻzgʻor buyumi.
-
Yomonning dasturxonidan yaxshining ustuxoni yaxshi. Maqol
-
Qumri kulrang boʻz dasturxonni yozdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Xush kelibsizlar. Qani, dasturxonga marhamat. S. Ahmad, Yulduz
2. koʻchma Oʻrtaga yozilgan shunday dasturxon va uning ustiga qoʻyilgan taomlar.
-
Toʻkin dasturxon. Dasturxon bezamoq. Dasturxon tuzamoq. Dasturxonga boqqan doʻst emas. Maqol
-
Yurtimizning farovonligi, dasturxonimizning toʻkinligi ana shu oq paxtadan. Gazetadan
-
Shohona dasturxon yozilgandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. koʻchma Mamlakat, jamiyat boyligi, rizq-roʻzi.
-
Biz mamlakatimiz ulkan dasturxoniga oq oltinimizni qoʻshishimiz bilan faxrlanamiz. R. Fayziy, Taʼzim
-
Sendaqa paytimizda biz, nainki mashoq, ogʻzimizdagi nonimizni ham el dasturxoniga qoʻyganmiz. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
dasturxon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dasturxonga oʻtirmoq
-
Bu orada Hamza ham hujrasidan chiqib, dasturxonga oʻtirdi. K. Yashin, Hamza
Dasturxonga qaramoq (yoki qarab oʻtirmoq)
-
Qani, dasturxonga qarang. K. Yashin, Hamza
Dasturxon yemoq
-
Jamoamizning barchasi ham hozir boʻlib, dasturxon yer erdik. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
Dasturxon qilmoq
-
Siz kimga yaxshi koʻrinmoqchi edingiz, yolgʻon gapni dasturxon qilib yuribsiz? P. Qodirov, Qadrim
-
Choyni ichib, piyolaning chetini kafti bilan artarkan, yuragidagi dardini dasturxon qilishga kirishdi. Yoshlik
Nonini yeb, dasturxoniga oyoq artmoq
DASTURXON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТУРХОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dasturxon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar