diplom
bilan ulashing
1. Biror oʻquv maskanini bitirganlik yoki biror ilmiy unvon, ilmiy daraja berilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
-
Imtiyozli diplom. Texnika fanlari nomzodi diplomi. Diplom olmoq.
-
Elmurod institutni imtiyozli diplom bilan tamomladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
2. Universitet, institut va shu kabilarni bitirish oldidan, shunday hujjat olish maqsadida yoziladigan ish, tadqiqot yoki loyiha.
-
Diplom ishi. Diplom (ishi) yozmoq. Diplomni himoya qilmoq.
-
Malohat diplom yozar, imtihonlarga tayyorlanar, shuning uchun tun bilan kunning farqi qolmagan edi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Bu yangi uy loyihasi Malohatning ishtirokida tugʻilgan, binobarin, Malohatning diplom ishi edi. I. Raxim, Tinimsiz shahar
3. Biror huquq yoki mukofot berilganligini tasdiqlovchi guvohnoma.
-
Beruniy mukofoti laureati diplomi. Qishloq xoʻjalik koʻrgazmasining diplomi. Boksdan jahon chempioni diplomi.
-
Ayrim jurnalistlar, fotomuxbirlar va tabiat havaskorlari pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlandi. Gazetadan
DIPLOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИПЛОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diplom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar