diplomatik
bilan ulashing
1. Davlatning chet mamlakatlar bilan boʻladigan rasmiy munosabatlari va diplomatiyaga oid.
-
Diplomatik akt. Diplomatik aloqa. Diplomatik munosabat.
-
Oʻzaro teng manfaatli diplomatik aloqalar oʻrnatish zarur va shart. Gazetadan
-
Tomonlar uchrashuv vaqtini diplomatik kanallar orqali aniqlab, kelishib oldilar. Gazetadan
-
Akramjon goʻyo diplomatik qabul marosimiga yasanganday qora kostyum, oq neylon koʻylak kiyib, qora galstuk taqib olgan edi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
2. Diplomatlarga, yaʼni elchilarga oid.
-
Diplomatik vakolat. Diplomatik immunitet.
3. koʻchma Chuqur va nozik oʻylab, ehtiyotlik bilan aytilgan yoki qilingan.
-
Diplomatik javob.
-
Shunday boʻlsa ham diplomatik ravishda, xotini va qizi orqali ochiqdan-ochiq Saidiyga bildirar edi. A. Qahhor, Sarob
diplomatik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Diplomatik korpus
-
Tribunalarda diplomatik korpus aʼzolari turibdilar. Gazetadan
DIPLOMATIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИПЛОМАТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diplomatik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar