diqqat
bilan ulashing
1. Fikr, fikr-u zikr, fikr-yod.
-
Oʻzini unutib, barcha diqqati hujra ichiga oqqan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sidiqjon bolaga qarab, u-bu deb turgan boʻlsa ham, koʻzi va butun diqqati Sharofatda edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Nazar-eʼtibor, iltifot; sinchkovlik.
-
Diniy va milliy ruhning tarbiyasiga alohida eʼtibor va diqqat lozim. Oybek, Nur qidirib
-
[Kumush] Sochlari orasidagi chigillarni diqqat bilan tarab, jom yoniga oʻtirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toʻlqinjon Hurining soʻzlarini zoʻr diqqat bilan tingladi. F. Musajonov, Huri
-
Yoʻlchi oʻroqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib oʻra boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. sifatdosh Uzluksiz eʼtibor talab etadigan, yurakni siqib yuboradigan, ogʻir, mashaqqatli.
-
Diqqat ish.
4. Zeriktiradigan, zerikarli, maroqsiz.
-
Diqqat gap.
5. kesim vzf. Boʻgʻilgan, yuragi siqilgan; xafa.
-
Oʻzi diqqat, xunob, lekin tez-tez xayolga ketardi. Oybek, Nur qidirib
-
Avaz diqqat. Xiva tomonga qarayverib, koʻzi teshilay dedi. Otasidan mujda yoʻq. S. Siyoyev, Avaz
diqqat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Diqqatga sazovor (yoki loyiq) yoki shoyoni diqqat
-
Diqqatga sazovor gap.
-
Shahringizning diqqatga sazovor joylarini keyin koʻramiz. Guldasta
-
Xoʻjayev afandining fikri-zikri shoyoni diqqat. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
Diqqatni jalb qilmoq (yoki tortmoq)
-
Maʼruzachi tinglovchilarning diqqatini shu masalaga tortdi;
-
Tebranib yonayotgan sham zoʻr moʻʼjizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
-
Dastlabki kunlarda qishloq aholisining diqqatini jalb qilgan yangi domla bora-bora nazardan tushib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Diqqat boʻlmoq yoki diqqati oshmoq
-
Shu bugun kechqurun haligiday diqqat boʻlib oʻtirganida, yana Latofatxon esiga tushib, bir fikrga keldi. A. Qahhor, Asarlar
-
Uning [Raʼnoning] diqqati oshib ketgan, tiq etsa, eshikka qarab qoʻymoqda. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Diqqat qilmoq
-
Hali diqqat qilmagan ekanman: yuzlari sip-silliq, xuddi toshdan yasalganga oʻxshaydi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Hokim toʻrani diqqat qilma. K. Yashin, Hamza
DIQQAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИҚҚАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
DIQQAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan DIQQAT so‘ziga berilgan ma’nolar
diqqat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
diqqat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar