diplomat
bilan ulashing
1. Chet mamlakatlar bilan rasmiy aloqa qilish yoki muzokaralar olib borish uchun maxsus tayyorgarlik koʻrgan va shunday ishlar uchun oʻz hukumati tomonidan vakil qilib tayin etilgan lavozimli kishi.
-
Oʻzbekiston diplomati. Diplomat boʻlib ishlamoq.
-
1829 yil yanvarda Eron poytaxti Tehronda rus diplomatiga suiqasd qilinadi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Xitoy diplomatining fikricha, Shanxay beshligining kelajagi porloq. Gazetadan
2. so‘zlashuv tili Ish, gap, muomalada usta, mohir kishi.
-
Juda diplomat boʻlib ketibsiz-ku.
-
Sohibqiron juda mohir diplomat boʻlgan. Fan va turmush
-
Savdo xodimi — turli xil odamlar bilan muomala qila oladigan, ilmli va diplomat odam. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
Kichik chemodan shaklida ishlangan, qulflanadigan portfel.
-
Diplomatidan bir varaq qogʻoz oldi-da, toʻgʻri boshligʻi Rustam Rahmonovichning oldiga kirdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Oldinda sersavlat Moylixoʻja aka, ortida jigarrang diplomat va semiz qogʻoz papka koʻtargan Gʻoyibjon pildirab kelar edi. N. Aminov, Qaltis xato
DIPLOMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИПЛОМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diplomat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar