doira
bilan ulashing
1. geom. Tekislikning aylana bilan oʻralgan yuzasi; toʻgarak.
-
Yarim doira. Doiraning yuzi.
-
Kuchli shamol yuzlab kilometrli ulkan doira boʻylab yeladi Fan va turmush
-
Skameykalar doira shaklida qoʻyib chiqildi. S. Ahmad, Ufq
-
Keng dalada doira yasab oʻtirgan odamlar orasidagi deyarli hamma yigitlarning koʻzi Badiaga qaratilgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Maktabning ochiq darvozasidan koʻkish taksi kirib keldi-yu, yarim doira qilib aylanib toʻxtadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma Belgili bir chegara, aniq bir hudud ichidagi joy.
-
Shahar doirasida.
-
Adabiyotda umr boʻyi tutab yurgan yozuvchi hech qachon oʻz mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin oʻzini klassik hisoblaydi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
3. koʻchma Biror ish-harakat, qonun-qoida va shu kabilar davom etishi, joriy boʻlishi, tarqalishi ehtimol boʻlgan belgili hudud, joy.
-
Front doirasidagi shaharlardan koʻchirib keltirilayotgan odamlarni joylashtirishga tayyorgarlik koʻrish lozim edi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
bola tarbiyasi, uning axloq-odobini faqat oila doirasiga bogʻlab qoʻysak, roʻy bergan hozirgi yangi sharoitga toʻgʻri kelmaydi. N. Safarov, Olovli izlar
4. koʻchma Chegara, chek, ramka.
-
Insof doirasi. Fikr doirasi. Taʼsir doirasi.
-
Kamina adab doirasidan zarracha chiqmagan boʻlsa kerak. Oybek, Navoiy
-
Fargʻonadagi kengash Umidning dunyoqarash doirasini ancha kengaytirdi. Mirmuhsin, Umid
5. koʻchma Belgili bir soha, kasb yoki tabaqa va shu kabilar ahli; kishilar yigʻindisi, uyushmasi.
-
Yuqori doiralar. Xabardor doiralar. Jurnalistlar doirasi.
-
Gulandom bunday turmushdan nafrat qilar, bu iflos doiradan, fahsh uyasidan qutulishni istar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
mavlono Behzod chizgan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro tasvirlari rasmiy doiralarda shuhrat topgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
doira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Doira chizmoq
-
Toshkent xaritasining bir qancha yeriga yoʻgʻon qizil qalam bilan doiralar chizilgan edi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Juda balandda, xuddi koʻk gumbazining ostida, qandaydir kattakon bir qush qanotlarini boricha yozib, asta doira chizmoqda. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qilich yalangʻochlaganlar orqasida doira yasab otliqlar ham turardi. Mirmuhsin, Temur Malik
Aylana shaklidagi, gardishsimon urma musiqa asbobi; childirma, daf.
-
Doira chalmoq.
-
Boloxonaning tokchasida doira, tanbur, dutor va rubob kabi musiqiy asboblar bor edi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Childirmachi pastga sakrab tushib, doirasini qizdirib keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
DOIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
doira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar