faxr
bilan ulashing
1. Mamnunlik hissi, mamnuniyat; gʻurur, gʻururlanish.
-
Kasbni sevish, uning faxri bilan yashash va sadoqat bilan ishlash baxt kalitidir. R. Usmonov, Odobnoma
-
Koʻzlarida nozik bir nur chaqnadi. U faxr oʻtimi yo qahr oʻti — bilib boʻlmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Maqtanishga, koʻz-koʻz qilishga, gʻururlanishga arziydigan narsa yoki kimsa, eng yaxshi namuna; iftixor obyekti.
-
Paxta — oʻzbek xalqining faxri.
-
Tarixiy va milliy yodgorliklar bizning milliy boyligimiz, cheksiz faxrimizdir. Gazetadan
-
Bu sheʼr dahosiga ming yil umr ber! Bu elning faxridir, shoir Alisher. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
faxr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Faxr qilmoq (yoki etmoq)
-
Baʼzi odamlar paygʻambar yoshiga yetdim, deb quvonsa, Soli sovuq ham mingboshi yoshidaman, deb faxr qilardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uzoq asrlardan kelayotgan madaniyatli ajdodlarim bilan ham faxr etaman. Mirmuhsin, Umid
FAXR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАХР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
faxr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar