fatvo
bilan ulashing
1. Shariat, din qonun-qoidalari asosida ruhoniylar (mufti, shayxulislom, qozi) tomonidan biror diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masala yuzasidan chiqariladigan hukm, qaror, izoh yoki biror ishning shariat nuqtai nazaridan amalga oshirish mumkinligi haqidagi koʻrsatma, buyruq.
-
Fatvo ham pulingga yarasha boʻladi. Maqol
-
Keling, Vali aka, birgalashib qoziga boraylik, fatvosini olaylik. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Muftilar fatvo bersalar ham, oʻz qalbingizga qarab ish tuting. Fan va turmush
2. koʻchma Kafillik, kafolat, ishonch.
-
Buning halolligiga fatvo bera olaman. K. Yashin, Hamza
3. koʻchma Bahona, vaj, yoʻl-yoʻriq.
-
— Ertaga imomingning oldiga bor, bu toʻgʻrisida ham senga biron fatvo topib berar. S. Ayniy, Qullar
-
Qara-ya, toʻrt yil pisib yurishingga fatvo ham topibsan-da, he, hezalak! T. Malik, Ajab dunyo
FATVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАТВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fatvo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar