faxriy
bilan ulashing
1. Alohida, katta hurmatga sazovor boʻlgan; eng hurmatli.
-
Faxriy aʼzolar. Jamoaning faxriy aʼzosi. Shahrimizning faxriy fuqarosi.
2. Alohida xizmatlari uchun hurmat yuzasidan beriladigan, taqdirlanadigan.
-
Faxriy yorliq. Faxriy unvon.
-
Oʻgʻlim bilan katta maydonda Egalladim bukun faxriy joy H. Poʻlat.
3. Hurmat yuzasidan saylanadigan.
-
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi.
4. Hurmat, shon-sharaf va shuhrat baxsh etadigan, gʻururlanishga arziydigan.
-
Qisqa qilib aytganimizda, oʻzbek sanʼati va adabiyoti katta, lekin faxriy sinovdan oʻtdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
5. Ijtimoiy-siyosiy hayotning, kasb-korning, Vatan mudofaasining biror sohasida uzoq muddat faoliyat koʻrsatgan shaxs. Nuroniy faxriylar jamgʻarmasi.
-
U barchaning hurmatiga sazovor mehnat faxriysidir. Gazetadan
faxriy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Faxriy qorovul
-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Gazetadan
FAXRIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАХРИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
faxriy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar