favqulodda
bilan ulashing
1. Nihoyat kam uchraydigan; boshqalarga oʻxshamagan; kutilmaganda yuz bergan; tasodifiy.
-
Favqulodda hodisa.
-
Otning kavsh qaytarishi favqulodda yerda, favqulodda vaqtda kechadi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Zamiraning Muhammadjonga unashtirilgani hali ham odamlarga favqulodda bir yangilik boʻlib koʻrinardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Odatdan tashqari; kam duch kelinadigan, kamyob.
-
Tiktepa qishlogʻining guzarida mulla Obidning qoʻlidagi favqulodda ketmonni koʻrgan har kim kuladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Oybek favqulodda serqirra isteʼdod sohibi edi. Gazetadan
3. rvsh . Gʻoyat darajada, haddan tashqari; gʻoyat, juda.
-
Sheralining nazarida, bugun hamma narsa favqulodda soʻlim, qushlarning nagʻmasi esa jozibaliroq edi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Nikoh toʻyi favqulodda suronli va tantanali boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Maxsus sharoit talabi bilan belgilanadigan, sodir boʻladigan; navbatdan tashqari.
-
Favqulodda majlis. Favqulodda va muxtor elchi.
-
Bu hodisalar saroyda favqulodda chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etdi. Mirmuhsin, Meʼmor
FAVQULODDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАВҚУЛОДДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
favqulodda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar