favvora
bilan ulashing
1. kitobiy Kuchli (tabiiy yoki sunʼiy) bosim bilan yuqoriga otilib turadigan gaz, neft, suv, suyuqlik.
2. Suvni ana shunday harakatga keltiruvchi qurilma, inshoot; fontan.
-
Ikki kvartal naridagi keng xiyobon juda oʻtirishli joy: oʻrtasi gulzor, kichkina favvorasi bor. F. Musajonov, Himmat
favvora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Favvora urmoq
-
Adolat chashmasi favvora urdi, Xiyonat balchigʻin har yonga surdi. Habibiy
-
Hademay toʻy karvoni yigit uyi tomon yoʻl oldi. Karvon oʻtgan koʻchalarda toʻy shodiyonasi favvora urib bordi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
FAVVORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАВВОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
favvora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar