front
bilan ulashing
1. Harbiy saf yoki kolonna va uning qoʻmondonga qarab turgan old tomoni.
2. Jang harakatlari boʻlayotgan hududning, maydonning dushmanga qarab turgan old tomoni, jang maydoni.
-
Dadamat aka, basharti urush boshlanib qolsa, oʻsha zahotiyoq qoʻliga qurol olib, frontga joʻnaydi. F. Musajonov, Himmat
-
Onaning uch oʻgʻli — koʻzining oq-qoralari frontdan qaytmadi. Guldasta
3. Bevosita urush, jangning oʻzi.
-
Front Bektemirga dastlab uncha vahimali koʻrinmadi. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Urush vaqtida harakatdagi armiyaning bir qoʻmondon rahbarligi ostidagi eng yirik guruhi — oliy operativ-strategik birlashma.
-
Ukraina fronti. Janubiy front.
-
Mirzayev Gʻarbiy frontning oʻzida uchta xat, ikkita sovgʻa olgan edi. A. Qahhor, Koʻk konvert
5. koʻchma Ommaviy harakatlar maydoni, shuningdek, biron-bir ish, faoliyat sohasi. Mehnat fronti.
-
Mudhish urush — qon toʻkish toʻxtatildi. Tinch mehnatda ter toʻkish fronti boshlandi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bu yer front! Paxta fronti! Dangasalik qilgan odam shafqat kutmasin. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
FRONT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФРОНТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
front so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar