funksiya
bilan ulashing
1. mat. Erkin oʻzgaruvchi miqdor (argument)ning oʻzgarishiga qarab oʻzgarib turadigan, bogʻliq(tobe) oʻzgaruvchan miqdor.
-
Oʻtkir burchakning trigonometrik funksiyalari. Funksiyalar nazariyasi.
-
Bitta funksiyaning oʻzi turli xil formulalar bilan ifodalanishi ham mumkin. OʻzME
2. biologiya Biror aʼzo yoki organizmning ishlab turishi, faoliyati.
-
Yurakning funksiyasi.
-
Odam oʻz organizmining tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlishi muhim. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
3. koʻchma Biror ijtimoiy tashkilot, kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi; vazifasi.
-
Bu ishni bajarish mening funksiyamga kirmaydi.
-
Ona obrazining boshqa bir gʻoyaviy-estetik funksiyasini ham unutmaslik kerak. U. Normatov, Talant tarbiyasi
FUNKSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФУНКЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
funksiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar