fursat
bilan ulashing
Biror ishni bajarish uchun eng qulay vaqt, payt.
-
Fursat poylamoq. Fursat keldi. Fursatdan foydalanmoq.
-
Hasratlashishga juda qulay fursat tugʻildi. Kimning dardi yoʻq deysiz! I. Rahim, Chin muhabbat
-
Fursat — oltin, sen koʻkrak kerib, Oltiningni sochib yuribsan. E. Vohidov, Muhabbatnoma
fursat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Fursatni boy (yoki qoʻldan) bermoq
-
Hozir oʻylanib oʻtirish, fursatni boy berish payti emas. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hofiz fursatni qoʻldan bermay, safar anjomlarini tayyorlab, ikki navkar bilan yoʻlga chiqdi. M. Osim, Zulmat ichra nur
Fursatni qochirmoq
-
Zuhra chindan ham meni tanigan! Fursatni qochirmasdan, chorasini koʻrish kerak! N. Safarov, Tanlangan asarlar
FURSAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФУРСАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fursat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar