hayqiriq
bilan ulashing
1. Shodlik, hayajon, gʻazab, azob kabi kuchli tuygʻularni, shuningdek, chaqiriq, haydash kabilarni ifodalaydigan qattiq ovoz, nido.
-
Ura hayqiriqlari yer-u koʻkni titratdi.
-
— Yolgʻon! — Gʻulomjon dahshatli bir hayqiriq bilan qichqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bu dardli hayqiriq Nigoraning qulogʻiga yetib, yuragini oʻynatib yubordi. S. Anorboyev, Oq-soy
-
Qudrat ajablanganicha eshik tomon yurgan edi, koʻcha tomondan podachining: — Hay-do-o! degan choʻziq hayqirigʻi eshitildi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Qoʻylar choʻponlarning hayqirigʻi bilan quduq tomon yurdi. A. Hakimov, Ilon izidan
2. koʻchma Jonsiz narsalarning shiddatli harakatidan paydo boʻladigan qattiq ovoz haqida.
-
Daryoning hayqirigʻi. Parovozning hayqirigʻi. Hayqiriq solmoq.
-
Hamla qilgan qoʻshin singari Kumush yolli toʻlqinlar yelar. Boʻronlarning hayqirigʻidan Naximovning ovozi kelar. Uygʻun.
-
Bahorda u [soy] hamma yoqqa hayqiriq solib oqadi. Y. Sham sharov, Dovrugʻ
HAYQIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙҚИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayqiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar