hayotiy
bilan ulashing
1. Hayotga, yashashga, tirikchilikka oid.
-
Hayotiy jarayonlar. Hujayralarning hayotiy vazifasi.
2. Hayot uchun zaruriy, hayot talabidan kelib chiquvchi, hayot talabi bilan bogʻliq.
-
Uning orzusi bir qarashda romantik qasoskorning orzusi boʻlib koʻrinsa-da, tagidagi haqiqat chuqur, oʻta hayotiy. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Xoʻjaligimizda hali yechilishi gʻoyat zarur boʻlgan hayotiy vazifalar koʻplab koʻzga tashlanadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
uning bilan suhbatda zarur va hayotiy masalalar gaplashib olingan edi. Mirmuhsin, Umid
3. Hayot bilan bogʻliq, hayot uchun tipik (boʻlgan), hayotdagiga mos, toʻgʻri keladigan.
-
— Asosiy masala asarda aytilmoqchi boʻlgan fikrning oʻquvchi qalbiga yaqin va hayotiy boʻlishida, — dedi Said Ahmad. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Hayotiy voqealarni umumlashtirib, sermazmun badiiy asarlar yaratgan va yaratayotgan jurnalistlar koʻp. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
-
Rassom shoir va maʼrifatparvarning siymosini hayotiy qilib ishlay olgan. Gazetadan
HAYOTIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЁТИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayotiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar