hayotbaxsh
bilan ulashing
1. mif. Oʻlikni tiriltiradigan, qayta jon kirgizadigan.
2. Organizm uchun hayot baxsh etuvchi.
-
Sheʼrki, oʻz sohibining qonidan paydo boʻlar ekan, oʻshal qon kabi hayotbaxsh boʻlmogʻi lozim emasmi? S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Quyosh oʻz hayotbaxsh nurlarini tagʻin moʻl-koʻl socha boshladi. A. Hayitmetov, Poʻlat barmoqlar
-
Tortiq etmish tabiat Xush iqlim, toza havo. Suvlari zilol, sharbat, Hayotbaxsh, dardga davo. Yo, Mirzo
3. koʻchma Kishini jisman, ruhan tetiklantiruvchi, jonlantiruvchi.
-
Bahorning hayotbaxsh ruhi sovuqdan yoshlangan koʻzlarda, koʻkargan yuzlarda barq urdi, dillar isib ketdi. A. Muxtor, Chinor
-
Zubaydaning ovozi yoqimli, hayotbaxsh edi. K. Yashin, Hamza
-
Sherali shu hayotbaxsh lablardan koʻzlarini uzolmay qoldi. S. Karomatov, Oltin qum
HAYOTBAXSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЁТБАХШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HAYOTBAXSH so‘ziga berilgan ma’nolar
hayotbaxsh so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hayotbaxsh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing