hayot
bilan ulashing
1. Materiyaning oʻz rivojlanishining muayyan bir davridagi harakatlanish shakli.
-
Yerda hayotning paydo boʻlishi. Oʻsimliklar hayoti.
-
Yaqin atrofimizni oʻrganib, faqat sayyorangizda hayot borligini aniqlaganimizga ancha boʻldi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Inson, hayvon, oʻsimliklarning tugʻilgandan (yuzaga kelgandan) oʻlgunga (yoʻq boʻlgunga) qadar boʻlgan fiziologik holati, tirik, mavjud, yashayotgan holati.
-
Koʻz juda murakkab optik sistema boʻlib, kishi hayotida koʻzning yaxshi koʻrishi muhimdir. Gazetadan
-
Bir avlodning hayoticha davr ichida nur degan soʻz ermakday boshlanib, asrlarning hokimi boʻlib qoldi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Uning hayot asari qolmagan yuzi yana xiralashdi K. Yashin, Hamza
3. Yashash muddati; umr. Toʻy — kishi hayotidagi eng yaxshi orzu-umidlarning ushalishi. Gazetadan.
-
Gapni choʻzma, chunki hayot qisqadir. M. Joʻra, Iztirob
-
Olima hayotining oxiriga qadar xalq uchun pokiza vijdon bilan xizmat qildi. Saodat
4. koʻchma Hayot bagʻishlovchi, hayotni taʼminlovchi narsa.
-
Elektr simlardan hayot oqadi. Guldasta
-
Harakat — issiqlik, issiqlik— hayot demak. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Non hidida hayot bor, Har magʻzida mamot bor. Gazetadan
5. Kishi va jamiyatning yashash tarzi, holati; turmush, tirikchilik.
-
Ijtimoiy hayot. Oilaviy hayot. Yozuvchining hayoti va faoliyati. Respublika hayoti. Mahalla hayoti.
-
Bilim yurti talabalarining hayoti har tomonlama sermazmun oʻtmoqda. Gazetadan
-
U ishning baland-past loy tomlari shahardagi qashshoq hayotning guvohidek mungʻayib turipti. S. Karomatov, Oltin qum
-
Shu hayot, shu turmushdan gadolik aʼlo. Gʻayratiy
6. Bizni oʻrab olgan real borliq, voqelik.
-
Hayot juda qiziq-a?! Birovlar — asal, birovlar zahar berarkan. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Hayotda shunday odamlar borki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bagʻishlagan boʻladilar. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
7. sifatdosh Yashab turgan; tirik.
-
Kim biladi, balki hayotdir va, ehtimol, hayotga yotdir. H. Olimjon
-
Shu darcha cholingiz hayot vaqtida ham qiyshiq edi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
8. koʻchma Jonlanish, uygʻonish.
-
Redaksiya-da havo yurishib, hayot alomatlari paydo boʻlgandek tuyuldi Ahmadga. F. Musajonov, Himmat
9. Hayot (xotin-qizlar ismi).
hayot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayot bagʻishlamoq (yoki baxsh etmoq)
-
meni dor ostidan qutqarib, menga yana hayot bagʻishladingiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shu bilan birga, oʻziga hayot baxsh etgan hakimning xizmatiga hamisha kamarbasta boʻlib turdi. K. Yashin, Hamza
-
Ona tabiat insonga turli-tuman neʼmatlarni inʼom etib, unga hayot bagʻishlab turadi. Gazetadan
-
Mana, subhidam payti, quyoshning zarrin nurlari hamma yoqqa hayot bagʻishlayapti T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Suv oqadi, qon kabi borib, Gʻoʻzalarga baxsh etar hayot. Gʻayratiy
Hayot kechirmoq
-
U bilan birga oʻttiz yil hayot kechirdik.
-
Qoraqalpoq xalqi yangi shaharlarda, qulay, yorugʻ, bahavo uy-joylarda hayot kechirmoqda. Oʻzbekiston qoʻriqlari
sheva Hayotcha Xoʻjalik yonidagi kichik ekin maydoni, tomorqa, bogʻcha, charvoq.
-
[Lolisxon:] Mana shu hayotchaning orqasida tor koʻcha bor, bundan qayoqqa borishni oʻzim bilmayman. Hamza, Paranji sirlari
HAYOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЁТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar