hozir
bilan ulashing
1. Biror ish, vazifa uchun tayyor; shay.
-
Mashinalar terimga hozir. Oʻroqda yoʻq, mashoqda yoʻq — xirmonda hozir. Maqol
-
— Javob berishga hozirmiz, — dedi Oyqiz raisning soʻzlarini boʻlib. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Nimaiki maslahat yoki yordam kerak boʻlsa biz xizmatingizga hozirmiz. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
— Na desangiz — shu, yoshulli, —
-
dedi Avaz, — qoʻlimdan kelgan barcha ishga hozirman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Soʻzlanib turgan paytni ham oʻz ichiga olgan vaqt; shu on, shu payt, shu davr.
-
Hozir chiqib ketdi. Hozir kelib qoladi. Otam hozir nafaqadalar. Hozir sharoit tamomila boshqacha. Hozir ayni yigʻim-terim mavsumi.
-
Hozir turib ketgan boʻlsa kerak, stolda konyak shishasi, apelsin toʻla vaza turar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Zoyirjon hozir borib mushtlashmoqchi boʻlganday, rangi oʻchib ketdi. U.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bekmirzayevga hozir choydan koʻra ham muzdekkina suv yaxshi edi Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Hozir kech kuz, hademay qish-qirovli kunlar boshlanadi. Gazetadan
-
Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yoʻq Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Chaqiriq, murojaat va shu kabilarga. javob sifatida ishning tezda, shu onda amalga oshirilishini bildiradi.
-
— Hoy, boqqa suv toshib ketdi, tez kirib boʻgʻib qoʻying! — Hozir, hozir — Yoʻlchi ketmon olib yugurdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Oʻgʻlingizni chiqarib yuboring! — Hozir. Guldasta
-
Koʻrpacha yozib, uni oʻtqazgach, men hozir, deb eshikka chiqib ketdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Keyin hozir, boyvachcham, dedi-da, ketayotganlarga qulluq qilib, iziga qaytdi. K. Yashin, Hamza
hozir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hozir boʻlmoq
-
Ha, men kerak vaqtda ins-jinsdek hozir boʻlaman. K. Yashin, Hamza
-
Koʻp oʻtmay keng koʻchada hozir boʻldik. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Hozir qilmoq
-
Kerakli anjomlarni hozir qilmoq.
HOZIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОЗИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hozir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar