hozirjavob
bilan ulashing
1. Savol, luqma va shu kabilar gap-soʻzlarga oʻrinli tarzda va tezda javob qaytarish qobiliyatiga ega.
-
Uning sergʻayrat, hozirjavob, fikri oʻtkir ekanligini oʻqituvchilar bilishar edi. Mirmuhsin, Umid
-
Hojatxonaga kirganlar kalga hazil qilib, uni uyaltirmoq-chi boʻlar, lekin surbet va hozirjavob kal, boʻsh kelmay, har bir gapga oʻn gap bilan javob qilardi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
U nihoyatda serharakat, hozirjavob — gap bilan yengib boʻlmaydigan kimsa edi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Hayot, davr talabiga oʻz ish-amali bilan tezda javob beruvchi.
-
Ustozning publitsistik asarlari bilan tanishar ekansiz, u benihoya hozirjavob, faol ijod qilganligiga amin boʻlasiz. Gazetadan
-
Ulkan adabiyotimizning dangalchi hozirjavob qismi boʻlgan satira-yumorning vazifasi Tiyanshan togʻidan ham baland. Mushtum
HOZIRJAVOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОЗИРЖАВОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HOZIRJAVOB so‘ziga berilgan ma’nolar
hozirjavob so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hozirjavob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar