hoshiya
bilan ulashing
1. Kiyim, mato va shu kabilarning aylanasi, cheti.
-
Belida hoshiyasiga gʻazal bitilgan qiyiq, oyogʻida qoʻnji tor agʻdarma etik K. Yashin, Hamza
-
Men ketdim, deb hoshiyali titilgan qalin portfelni qoʻltiqlagancha. xonadan chiqdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Qamchi yangi qizil toʻn kiygan. Hoshiyasiga allaqanday jivir-jivir gul naqshlangan bu toʻn uning past boʻyiga, qotma gavdasiga juda yarashib tushibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Kiyim, mato kabilarning chetiga, aylanasiga tortilgan, solingan narsa (lenta, naqsh va shu kabilar).
-
Ularning koʻzlari Poʻlatjonning koʻkragidagi orden, medallar, yelkasidagi pogon, yengidagi yaltiragan sariq va havorang hoshiyalarda edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Oq tunuka parchasi tekis qilib qirqilgan atroflariga ustalik bilan bolgʻaning uchida nozik jimjima hoshiya solingan edi. I. Rahim, Ixlos
-
Chekkasiga koʻra hoshiya tutilgan bayroq oldinda xomushlik bilan silkinib, hilpirab borardi. S. Zunnunova, Gulxan
3. Kitob yoki daftar varagʻi atrofidagi xat yozilmay ochiq qoldirilgan qism.
-
koʻksini oʻrtayotgan oʻkinch, alam, haqorat patqalamni bir dam toʻxtamaydi, varaqning ikki beti hoshiyalari aji-buji mayda harflar bilan toʻlaveradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. tarixiy Arab tili grammatikasidan Madrasa talabalari uchun tuzilgan qoʻllanma (leksik va grammatik xususiyatlarga doir izohlar majmui).
-
Sohib oʻgʻli madrasada Hoshiyagacha oʻqigan, yangi usulda taʼlim-tarbiya kursini tugatgan. Gazetadan
-
Ularning [tolibi ilmlarning] qay biri “Qofiya”da, qay biri Hoshiyada, qay biri Shamsiyada. Oybek, Navoiy
5. Hoshiya (xotin-qizlar ismi).
HOSHIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОШИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hoshiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar