hu
bilan ulashing
aynan Hov I.
-
Hu, qorayib koʻringan nima? Hu, daryoda choʻmilganlarimiz esingda bormi? Hu anavi kungi gap nima boʻldi?
-
Hu ana u yerga idora, klub tushadi. Mana bu toʻqayning oʻrni bogʻ boʻladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hu bir vaqtda yuborgan hikoyam endi chiqibdi. A. Qahhor, Sarob
undov so‘z Qargʻish, soʻkish ifodalovchi soʻz-iboralar bilan birga qoʻllanib, kuchli qahr, gʻazab, nafrat his-tuygʻusini bildiradi.
-
Hu, yer yutsin seni!
-
Devor ustida turgan oʻn ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak koʻchirib olib, mulla Norqoʻziga oʻqtaldi: — Hu, oʻl, turqing qursin! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
und. s. din. Ilohiy kuchga yordam soʻrab murojaat qilganda aytiladigan nido.
-
Hasan haq! deb, hu! dedi, Gʻirkoʻk otini chu dedi. Ravshan
-
Bu mudhish, mashʼum bazmga haligi yalmogʻiz folbinning xasta ovoz bilan vaysashi qoʻshildi: — Yo sulton! Yo chiltan! Hu, hu, hu! Oybek, Tanlangan asarlar
taql. s. Qumri, gʻurrak kabi qushlarning sayrashidagi tovushni bildiradi.
-
Musicha, gʻurraklar gʻurullab, hu tortib boqqa oroyish berib, nagʻmasozlik bir munosib yarashib turibdi. Ravshan
HU so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hu so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HU so‘ziga berilgan ma’nolar
hu so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)
- jovidon
- mazoxist
- avto-to‘lov
- filler
- kontekstdagi gallyutsinatsiya