jag‘
bilan ulashing
1. Odam va hayvonlarda kallaning tishlar oʻrnashgan suyagi.
-
Ustki (tepa) jagʻ. Pastki jagʻ.
-
Otaqoʻzining koʻzlari qisilib, jagʻ paylari turtib chiqdi. O. Yoqubov, Diyonat
-
U [Qalandar aka], koʻzlari bir nuqtaga qadalib qotib qolganday, qimir etmay turar, faqat jagʻi titrar edi. S. Karomatov, Eʼtiqod
-
Vakil qulochkashlab jagʻimga urdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Oyoq kiyimining yuzi bilan tagcharmi birlashgan yeri, old yonlari.
-
Aksarining ust-boshi yupun, mahsilarining yirtiqlaridan kir paytavalari osilib turadi, kimlarda poxol tiqilgan eski kalish, kimlarda jagʻi yirtiq kavush, lekin ular shod. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U oʻzining paxtasi oqib yotgan qizil chit toʻni, jagʻi ajralgan kavushi, piltalari chiqib ketgan doʻppisi bilan boshqa bolalardan ajralib turardi. Oydin, Hikoyalar
3. maxs. Baʼzi asboblarning qisadigan, kesadigan qismi.
-
Ombir jagʻi. Qaychi jagʻi.
4. Kishi, odam; nonxoʻr.
-
Bir ishlovchiga uch jagʻ edik, boyga ortiqchalik qilib qoldik. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
Lekin oilada jagʻ koʻpaygach, shundoq ham qoʻl uchida, tabibchilik bilan tirikchilik qilib kelayotgan Ibn Yamin qiynalib qoldi. K. Yashin, Hamza
jag‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jagʻi ochilmoq
-
Shu vajdan kampirning jagʻi yana ochildi, Sidiqjonning oʻtmishini, qizining qilmishini yana taʼna qila boshladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari;
-
Ya na dushman pulemyotlarining jagʻi ochildi, bir necha jangchi yiqildi. T. Rustamov, Mangu jasorat
Jagʻi ochiq
-
Jagʻi ochiq bola.
Jagʻi tinmaydigan
Jagʻ tish
Jagʻ urmoq
JAG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jag‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar